Jurnalning 3-soniga maqolalar qabuli boshlandi!
Tashkent International University ilmiy jurnalining navbatdagi 3-soni uchun ilmiy maqolalar qabuli boshlandi.
Jurnal tahririyati professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda tadqiqotchilarni o‘z ilmiy maqolalarini nashrga taqdim etishga taklif etadi.
Maqolalar jurnalning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Taqdim etilgan ilmiy ishlar jurnal talablari asosida tahririyat tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Maqolalarni qabul qilish muddati — 2026-yil 30-sentabrga qadar.
Jurnalda maqolalarni nashr etish bepul.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun @TIU_Journal Telegram-kanali orqali bog‘lanishingiz mumkin.